• Kitob haqida
  • Qo'shimcha ma'lumotlar
  • Izohlar

Kitob haqida qisqcha

Kitobda hayotiy voqeallikga mushtarak bog'langan kichik kichik voqealar jamlangan. Venetsiyalik buyuk skripkachi va bastakor Nikkolo Paganini sehr-li skripka evaziga Iblisga iymonini sotganligi haqidagi rivoyatni kim ham bilmaydi? Hattoki hamma narsadan shubhalanuvchi, dahriy va hajvchi bo‘lgan atoqli shoir Henrix Heyne ham bu afsonaga ishongan. Lekin bu kelishuvda kim yutib chiqqanligi – insonmi yoki uning dushmanimi – bu hech kimsaga ayon emas. Vengriyadagi ko‘chmanchi lo‘lilar orasida bir g‘alati rivoyat yuradi. Bunga ishonasizmi yo‘qmi – o‘zingizga havola.
Taqdir yosh Nikkologa o‘ta shafqatsizlik qildi. O‘sha yili u qarzlaridan, omadsizlikdan va yuzlab mayda-chuyda ko‘ngilsizliklardan qochib, Venetsiyadan Venaga yo‘l oldi. Bu yerda u to‘yma-to‘y izg‘ib, huvillagan qahvaxonalarda arzimas choychaqaga skripkasini chalib yurdi. Juldurvoqi kiyimlari tufayli durustroq mehmonxonalarga uni qo‘yishmasdi. 

Izohlar

Jami izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q

Izoh qoldirish uchun saytga kirish yoki saytdan ro'yhatdan o'tish talab qilinadi!

Tavsiya qilinganlar

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer