- Admin
- 27.02.2026
- 264
“Sadoqat va vafo kuychisi” nomli kitob va rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Zulfiya Isroilova tavallud ayyomlari munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Sadoqat va vafo kuychisi” nomli kitob va rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston xalq shoiri, Mehnat Qahramoni va mohir tarjimon Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodiga oid kitoblar, she’riy to‘plamlar, tarjima asarlar hamda adibaning boy ma’naviy merosini aks ettiruvchi suratli materiallar o‘rin oldi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida vatanparvarlik, sadoqat va vafo tuyg‘ularini mustahkamlash, shoira ijodini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.