Image

21-mart Navro'z bayrami

Milliy ma'naviyatimiz azaldan qanday qadriyat, an'ana va urf-odatlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram - sharqona yangi yil bo'lmish "Navro'z" ayyomi misolida ko'rishimiz mumkin. Navro'z - yangilanish, yosharish bayrami, tabiatning uyg'onishi bilan bog'liq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun - Yangi yil, ya'ni Navro'z bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tekin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 16-mart kuni  Samarqand tuman Axborot-kutubxona markazi Samarqand tumananidagi Imkoniyati cheklanganlar kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda 21-mart Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan "Xush kelibsan Navro'zi olam" nomli adabiy kecha o'tkazildi.
Sam TAKM

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer