- Admin
- 27.02.2026
- 110
“Vafo va sadoqat kuychisi”
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-mart – O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111-yilligi munosabati bilan “Vafo va sadoqat kuychisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy adabiy kecha tashkil etildi.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Zulfiya Isroilovaning hayot yo‘li, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi, sadoqat, vafo, muhabbat va insoniylikni tarannum etgan she’rlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘quvchilar tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir davomida Zulfiya ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, ishtirokchilarga uning asarlari tavsiya qilindi.