Image

“Ayollarni e’zozlash”

Bugun Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Ayollarni e’zozlash” oyligi munosabati bilan 30 guftor az 30 tor kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda kitobning mazmun-mohiyati, unda bayon etilgan hikmatli fikrlar hamda ma’naviy tarbiyaga oid g‘oyalar haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kitobdan parchalar o‘qib eshittirishdi, kitobning yoshlar va kitobxonlar uchun ahamiyati alohida ta’kidlandi.Shuningdek, ayollarni qadrlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish masalalariga ham alohida urg‘u berildi. Taqdimot yakunida kitobxonlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi. 

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer