Image

E’tirof va e’tibor — har bir jamoaga quvonch bag‘ishlaydi!

 E’tirof va e’tibor — har bir jamoaga quvonch bag‘ishlaydi! Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida xodimlarga e’tirof sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi. Jamoaning faol va fidoyi xodimlariga o‘g‘il bolalar tomonidan samimiy tilaklar bilan sovg‘alar ulashildi. Bu jarayon barchaga quvonch va iliq kayfiyat bag‘ishladi.Tadbir davomida markaz xodimlarining mehnati, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishdagi fidoyiligi alohida ta’kidlandi. Axborot-kutubxona markazi jamoasi har doim bilim, ma’naviyat va ma’rifat yo‘lida faol xizmat qilib kelmoqda.Bunday e’tibor va hurmat jamoada yanada kuchli birdamlik va ilhom bag‘ishlaydi.  Har bir xodimning mehnati qadrlanishi esa kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun katta rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Jamoamizga yangi yutuqlar, baraka va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer