- Admin
- 06.03.2026
- 550
“Ayollarni e’zozlash”
2026-yil 15-fevraldan 15-martga qadar o‘tkazilayotgan “Ayollarni e’zozlash” oyligi munosabati bilan Samarqand tumani axborot-kutubxona markazida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” mavzusida kitob va rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati, hayoti va faoliyatini yoritib beruvchi turli adabiyotlar hamda rasmli materiallar namoyish etildi.Mazkur ko‘rgazma kitobxonlar va tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Aziz va mo‘tabar ayollarimizga hurmat va ehtirom cheksiz!