- Admin
- 13.03.2026
- 110
2026 yil 13–14 mart kunlari
2026 yil 13–14 mart kunlari Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi tomonidan umumxalq hashar tadbiri o‘tkazildi. Hashar davomida kutubxona hududi obodonlashtirilib, atrof-muhit tozalandi, daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilindi. Xodimlar birgalikda faol qatnashib, hududni yanada chiroyli va tartibli holga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bunday hasharlar jamoada birdamlikni mustahkamlab, toza va ozoda muhit yaratishga xizmat qiladi. Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi kelgusida ham hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishda davom etadi.