- Admin
- 18.03.2026
- 176
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Sharq xalqlarining qadimiy va boy ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Yangi kun nafasi: Navro‘z” nomli kitob va rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.Mazkur ko‘rgazma Navro‘zning tarixiy ildizlari, uning insoniyat madaniyatidagi o‘rni, milliy an’ana va qadriyatlarimizdagi ahamiyatini ilmiy hamda badiiy manbalar asosida yoritishga qaratilgan. Unda bayramning kelib chiqishi, asrlar davomida shakllangan urf-odatlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, shuningdek, bahoriy yangilanish va tabiat uyg‘onishini aks ettiruvchi tasviriy materiallar keng o‘rin olgan. Ko‘rgazma orqali kitobxonlar Navro‘z bayramining ma’naviy-ma’rifiy mohiyatini chuqurroq anglash, milliy o‘zlikni qadrlash hamda boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.