- Admin
- 19.03.2026
- 418
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi.
Samarqand shahridagi Chet tillar instituti 2-bosqich talabalari uchun Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari talabalarga markaz faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi, zamonaviy axborot-resurslari hamda elektron xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Ekskursiya jarayonida talabalar turli yo‘nalishdagi kitoblar, xorijiy adabiyotlar va yangi nashrlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ularga kutubxonadan foydalanish tartibi, kitoblarni izlash va buyurtma qilish usullari ham tushuntirildi. Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.