Image

“Navro‘z – yangilanish va yasharish bayrami” ko‘rgazmasi

 Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘z – yangilanish va yasharish bayrami” nomli kitob va rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada Navro‘zning boy tarixi, milliy an’ana va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi adabiyotlar, badiiy asarlar hamda rang-barang tasviriy materiallar o‘rin oldi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizni yorituvchi yangi nashrlar va bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar ham namoyish etildi. Tadbir davomida kitobxonlarga Navro‘z bayramining mazmun-mohiyati, uning insonlar qalbida ezgulik, mehr-oqibat va yangilanish tuyg‘ularini uyg‘otishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Navro‘z – ezgulik, mehr va yangilanish ayyomi!
 Kutubxona – ma’naviyat maskani

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer