- Admin
- 08.04.2026
- 176
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Amir Temurning hayoti, uning harbiy yurishlari, davlat boshqaruvidagi ulkan tajribasi hamda boy tarixiy merosiga bag‘ishlangan adabiyotlar keng o‘rin oldi. Tadbir davomida kitobxonlarga buyuk ajdodimizning ibratli hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Mazkur ko‘rgazma yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, tariximizni chuqur o‘rganishga undash hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi