- Admin
- 13.04.2026
- 88
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida bayramona ruh hukm surmoqda! Markazda “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respblika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida bayramona ruh hukm surmoqda!
Markazda “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Rasmiy ochilish qismida hurmatli mehmonlar — tuman nuroniylar kengashi raisi Said Mardonov, tuman mahallalar uyushmasi raisi Abdujabbor Umarov, “Gulobod tongi” gazetasi muharriri Savriniso Narzullayeva, Respublika “Ovozi tojik” gazetasining viloyatdagi maxsus muxbiri Zohir Hasanzoda, tuman “Bibijonlar maktabi” rahbari Shohista Negmatova, Gulobod mahallasi raisi Saodat G‘aniyeva va boshqalar kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni ma’rifatli qilib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdilar.