- Admin
- 13.04.2026
- 110
Sovg'a
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida yozuvchi Komil Jo‘raqulov tomonidan kutubxonaga kitoblar sovg‘a qilindi.Tadbir davomida adib tomonidan taqdim etilgan kitoblar fondni yanada boyitish bilan birga, kitobxonlar uchun yangi bilim manbai bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. Ushbu xayrli tashabbus kutubxona faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.