- Admin
- 14.04.2026
- 66
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida adib bilan uchrashuv tashkil etildi.
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida adib bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yozuvchi Tolib Yunuszoda ishtirok etib, o‘zining ijodiy faoliyati, asarlarining mazmun-mohiyati hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasidagi fikrlarini bayon qildi. Uchrashuv davomida yosh kitobxonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga batafsil javob berildi. Shuningdek, 12-son bolalar musiqa maktabi o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar tadbirga badiiy ruh bag‘ishladi. Mazkur uchrashuv yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni mutolaa sari keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.