• Asosiy
  • Yangiliklar
  • Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika ...
Image

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi.

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi. Mazkur ekskursiyada yozuvchi Tolib Yunuszoda hamda 12-son bolalar musiqa maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi. Tashrif davomida mehmonlar kutubxonaning faoliyati, boy adabiyotlar fondi, zamonaviy axborot-resurs xizmatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.Shuningdek, ekskursiya jarayonida adib tomonidan yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, kitobxonlikning ahamiyati, ijod va mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi.Mazkur tadbir yoshlarning kutubxonaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaa madaniyatiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer