• Asosiy
  • Yangiliklar
  • Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika ...
Image

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida yana bir muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir — adib bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida yana bir muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir — adib bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda ijodkorlar va xalq ta’limi fidoyilari — Axrorqulov Ismatillo hamda Zamira G‘aforova oila a’zolari bilan birgalikda ishtirok etib, “Kitobxon oila” tushunchasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shubhasiz, bunday uchrashuvlar “Kitobxon oila” an’anasini mustahkamlash, jamiyatda kitobxonlik muhitini kengaytirish va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer