Image

“Kitob – tarixga rahnamo”

Samarqand tumanida kitobxonlik haftaligi doirasida “Kitob – tarixga rahnamo” mavzusida kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Ushbu tadbirda Samarqand tuman davlat arxivi jamoasi, arxiv direktori Dilshod Qodirov hamda axborot-kutubxona markazi xodimlari faol qatnashdilar.Tadbir davomida kitoblarning tarixni asrab-avaylash, ajdodlar merosini chuqur o‘rganish va yosh avlod ongiga yetkazishdagi muhim o‘rni haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zaro muloqot orqali kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga oid takliflar bilan o‘rtoqlashdilar. Kitob – bu nafaqat bilim manbai, balki tarixni anglashga yo‘l ko‘rsatuvchi bebaho xazinadir!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer