- Admin
- 16.04.2026
- 396
Sadriddin Ayniy tavallud ayyomi munosabati bilan
Jadidlar izidan– Sadriddin Ayniy tavallud ayyomi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir. Samarqand tumanidagi 16-maktabda buyuk ma’rifatparvar adib, jadidchilik harakatining yorqin namoyandalaridan biri Sadriddin Ayniy tavallud ayyomi munosabati bilan “Jadidlar izidan” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Mazkur tadbir maktab o‘quvchilari hamda Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida o‘tkazildi. Shuningdek, jadidchilik harakati, uning boy ma’naviy merosi va bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida mazmunli ma’ruzalar qilindi. Tadbir doirasida Sadriddin Ayniy asarlari hamda jadid adabiyotiga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi Ushbu tadbir o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini mustahkamlash va ma’naviy dunyoqarashni boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.