- Admin
- 16.04.2026
- 418
Kutubxonaga sayohat — bilim sari yana bir qadam!
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tayotga. VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu gal mehmonlar — 38-umumta’lim maktabi o‘quvchilari! Ular kutubxona faoliyati, boy kitob fondi va zamonaviy axborot xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida yoshlar uchun qiziqarli suhbat ham tashkil etilib, kitobxonlikning ahamiyati, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni haqida iliq fikrlar bildirildi. Bunday uchrashuvlar yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otib,
ularni bilim va tafakkur sari yetaklaydi.