Image

KITOB VA IJOD AHLINING ZAUQLI UCHRASHUVI

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida o‘tkazilayotgan VI Kitobxonlik haftaligi doirasida yana bir unutilmas, ma’naviy-ma’rifiy ruhga boy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, samarqandlik taniqli ijodkorlar — Rahimjon Naimiy, E’tibor Mahmudova hamda Guli Nasimovalar ishtirok etib, kitobsevarlar bilan samimiy va iliq muloqot olib bordilar. Uchrashuv davomida ijodkorlar o‘zlarining yangi she’rlari va nasriy asarlaridan parchalar o‘qib eshittirib, tinglovchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdilar. 

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer