- Admin
- 16.04.2026
- 176
Uchrashuv
Uchrashuvning eng quvonchli jihatlaridan biri — faol ishtirok etgan, savol-javoblarda faollik ko‘rsatgan kitobxonlarga esdalik sifatida tashakkurnomalar berildi. Tadbir davomida kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar, ijodkorlarning asarlari asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday mazmunli va ma’naviyatga boy uchrashuvlar yosh avlodni kitobxonlikka jalb etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.