- Admin
- 22.04.2026
- 462
Samarqan tuman axborot-kutubxona markazida yana bir muhim hamkorlik!
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan aholiga yanada qulay va samarali xizmat ko‘rsatish maqsadida yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi.“Agrobank” Samarqand tuman filiali boshlig‘i Sheroz Otaqulov bilan ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha memorandum (shartnoma) imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida aholining turli qatlamlariga, ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi kitobxonlarga kitoblarni yetkazish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish va kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish rejalashtirilgan. Ko‘chma kutubxona — bilim va ma’rifatni har bir xonadonga olib kiruvchi muhim qadam! Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi barcha kitobsevarlarni ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi.