Image

Ko‘rgazma

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud ayyomi munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada shoirning eng sara asarlari, she’riy to‘plamlari hamda uning hayoti va ijodiga oid adabiyotlar keng o‘rin oldi. Kitobxonlar uchun shoir ijodining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi ma’lumotlar ham taqdim etildi. Ushbu ko‘rgazma orqali tashrif buyuruvchilar Muhammad Yusufning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Muhammad Yusuf ijodi – qalblarga yaqin, dillarga manzur!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer