- Admin
- 22.04.2026
- 638
Kitob targ‘iboti
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud ayyomi munosabati bilan “Ahil oila” bolalar bog‘chasida kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan adabiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlarga shoir ijodi, uning samimiy va yurakka yaqin she’rlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kichkintoylar tomonidan she’rlar ifodali o‘qilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.Kitob targ‘iboti orqali yosh avlod qalbida mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularni adabiyotga oshno etish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsad qilindi. Kitob – ma’naviyat manbai, ijod esa qalb tarbiyasi!