- Admin
- 01.05.2026
- 792
E’TIROF VA ADABIY UCHRASHUV
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Axborot abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Xidirov Ozodjonning muborak 50 yillik yubileyi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda Turon fanlar akademiyasi Samarqand mintaqaviy bo‘limi hamda Xalqaro Sadriddin Ayniy fondi vakillari, ziyolilar, ijodkorlar, kitobxonlar va kutubxona xodimlari ishtirok etdilar.Tadbir davomida Xalqaro Sadriddin Ayniy fondi raisi Eraj Ayniy hamda Turon fanlar akademiyasi Samarqand mintaqaviy bo‘limi rahbari Farhod Ahmadjonov tomonidan Xidirov Ozodjonga ko‘p yillik samarali mehnati, kitobxonlikni targ‘ib qilish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va kutubxonachilik sohasidagi fidokorona faoliyati uchun “Sadriddin Ayniy” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.