Image

E’TIROF VA ADABIY UCHRASHUV

Shuningdek, Samarqand tuman hokimi S. Usmanov nomidan ham Xidirov Ozodjonga samarali faoliyati, tuman ma’naviy hayotiga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.Shuningdek, mazkur uchrashuv doirasida ijodkor Ozod Xamidzoda qalamiga mansub yangi “Odamshavanda” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Kitob haqida iliq fikrlar bildirilib, asarning mazmun-mohiyati, undagi hayotiy voqealar va insoniy fazilatlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Taqdimot davomida kitobxonlar muallif ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ilm-fan va ijod ahlini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer