- Admin
- 01.05.2026
- 792
Siyosiy soat
2026-yil 1-may kuni Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Siyosiy soat” tadbiri o‘tkazildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning siyosiy faolligini oshirish hamda jamiyat hayotidagi muhim voqealar haqida suhbat tashkil etildi.Tadbir davomida ishtirokchilar bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidagi yangilanishlar, fuqarolik mas’uliyati va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Yurt ravnaqi va kelajak taraqqiyoti — bilimli, faol va ongli yoshlar qo‘lida!