Image

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi — Alisher Navoiy

 Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi — Alisher Navoiy xalqimizning bebaho ma’naviy merosidir. Uning boy ijodiy-ilmiy merosi nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun jahon adabiyoti va madaniyati taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi.Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini yuksak mahorat bilan namoyon etgan. Shu bois, Alisher Navoiy asarlari asrlar osha millionlab kitobxonlar qalbidan chuqur joy olib kelmoqda.Bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, Uchinchi Renessans poydevori yaratilayotgan davrda Alisher Navoiyning boy adabiy merosini chuqur o‘rganish, targ‘ib qilish va yosh avlodga yetkazish har qachongidan ham muhimdir. Zero, Navoiy ijodi — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va yuksak tafakkurimizning bitmas-tuganmas manbaidir.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer