- Admin
- 01.05.2026
- 352
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida yana bir quvonchli voqea
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan markaz fondini boyitish maqsadida 31 nomdagi, jami 93 nusxadagi qimmatli kitoblar beg‘araz sovg‘a qilindi. Bu — ma’naviyatga, ilmga va kelajak avlodga qaratilgan yuksak e’tibor ifodasidir. Kitob — tafakkur chirog‘i, ma’naviyat manbai. Bunday ezgu tashabbuslar kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish, kitobxonlar safini kengaytirish hamda “Kitobxon jamiyat”ni barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.