• Asosiy
  • Yangiliklar
  • Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy ...
Image

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
 Tashrif davomida mehmonlar axborot-kutubxona markazining faoliyati, boy kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan markazda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy loyihalar, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
 Ekskursiya jarayonida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda holatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda аholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan samimiy suhbat tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan kundalik hayotda uchrashi munkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer