- Admin
- 08.05.2026
- 66
Ekskursiya
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida Samarqand tuman IIB bo‘limi ofitserlari guruhi, guruh rahbari mayor Akobir Islomov ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati, boy kitob fondi, elektron resurslar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish va ma’rifiy loyihalar yuzasidan batafsil , ma`lumotlar berildi. Ekskursiya jarayonida o‘zaro fikr almashilib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqbuzarlikni oldini olish hamda аxoli o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.