Image

Kutubxona — bilim va ma’rifat maskani

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar orasida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida kutubxona bo‘ylab keng qamrovli ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tadbirda markazning faol va tashabbuskor kitobxonlari ishtirok etdilar.Ekskursiya jarayonida ishtirokchilar Samarqand tuman 38-IDUM 10-sinf o’quvchilari kutubxonaning asosiy bo‘limlari, kitob fondlari, zamonaviy xizmat turlari hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarnu to’ldirish,saqlash va ularga ishlov berish xizmat rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tdi hamda kutubxona faoliyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer