- Admin
- 19.05.2026
- 66
17-may kuni oʻzbek sheʼriyatining yorqin namoyandasi Xalima Xudoyberdiyeva tavallud ayyomiga bagʻishlangan
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida 17-may kuni oʻzbek sheʼriyatining yorqin namoyandasi Xalima Xudoyberdiyeva tavallud ayyomiga bagʻishlangan “Ayol qalbning kuychisi” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda 38-IDUM oʻquvchilari ishtirok etib, shoira ijodining oʻziga xos jihatlari, sheʼrlaridagi samimiyat va ayol qalbi tasviri haqida suhbatlashdilar. Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan sheʼrlar mutolaa qilinib, ijodkorning hayoti va adabiy merosi haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi. Davra suhbati ishtirokchilarda adabiyotga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi hamda kitobxonlik madaniyatini targʻib etishga xizmat qildi.