Image

“Bolalar kulgusi – olam bezagi”

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ko‘rgazma Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Bolalar kulgusi – olam bezagi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan bolajonlar uchun mo‘ljallangan ertaklar, she’rlar, qiziqarli hikoyalar, bolalar adabiyotining sara namunalari hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar o‘rin oldi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iboratdir. Bolalar – yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning eng bebaho boyligidir.
Barcha bolajonlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning qalbida ezgulik, mehr va bilimga chanqoqlik tuyg‘ulari doimo jo‘sh urib tursin!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer