- Admin
- 01.06.2026
- 440
Baxtli bolalik, porloq kelajak
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi “Axil Oila” xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida “Baxtli bolalik, porloq kelajak” nomli kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida bolajonlarga yangi ertak kitoblari tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Kichkintoylar sevimli ertak qahramonlari bilan tanishib, kitoblar olamiga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Kitob targ‘ibotining asosiy maqsadi yosh avlod qalbida mutolaaga mehr uyg‘otish, ularning dunyoqarashini boyitish hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdan iboratdir.Zero, kitob bilan ulg‘aygan farzandning kelajagi porloq, ma’naviyati yuksak bo‘ladi. Bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish esa jamiyatimiz taraqqiyoti uchun muhim omillardan biridir.Bolalikdan kitobga oshno bo‘lgan avlod — kelajak bunyodkoridir!