- Admin
- 05.06.2026
- 88
21-son
21-son. Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi. Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi muhim voqealar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar, yoshlar tarbiyasi, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tadbir xodimlarning siyosiy bilimlarini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mazmun-mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qildi. Yakunda mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.