• Asosiy
  • Yangiliklar
  • Samarqand tumanidagi “Kelajak markazi”da Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ochiq osmon ...
Image

Samarqand tumanidagi “Kelajak markazi”da Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ochiq osmon ostida kitob ko‘rgazmasi va kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etilmoqda.

Samarqand tumanidagi “Kelajak markazi”da Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ochiq osmon ostida kitob ko‘rgazmasi va kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etilmoqda. Mazkur tadbir aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, tarixiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy adabiyotlar keng namoyish etilmoqda. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer