• Asosiy
  • Yangiliklar
  • Said Ahmad tavalludining yilligi munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitoblar ko‘rgazmasi ...
Image

Said Ahmad tavalludining yilligi munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Bugun, 10-iyun kuni Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining yilligi munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada adibning sermazmun ijodi, hayoti va faoliyatiga oid asarlar hamda adabiyotlar keng namoyish etildi. Tadbir davomida kitobxonlarga Said Ahmadning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni, uning asarlarida aks etgan milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlar haqida ma’lumotlar berildi.Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va adabiy merosimizni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer