Image

“Yoshlar oyligi”

Yoshlar oyligi” doirasida Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ shaharchasida tashkil etilgan kitob marafoni davomida Samarqand tuman axborot-kutubxona markaziga munosib sovg‘a topshirildi.Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kutubxona fondini boyitish maqsadida 20 nomdagi 196 nusxa yangi nashrlar tantanali ravishda taqdim etildi.Mazkur kitoblar yoshlarning intellektual va ma’naviy dunyosini boyitish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, mustaqil mushohada yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda jahon adabiyoti va ilm-fanining sara namunalaridan bahramand bo‘lishlariga xizmat qiladi. Kitob – tafakkur va taraqqiyot manbai. Yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer