- Admin
- 15.06.2026
- 660
Mutolaa zavqi
Binafsha rang sigir kitobi Samarqand tuman Axborot-kutubxona markazi fondida mavjud. Ushbu asar mashhur marketing mutaxassisi Seth Godin tomonidan yozilgan bo‘lib, biznes va marketing olamida boshqalardan ajralib turish, o‘ziga xos g‘oyalar yaratish hamda mijozlar e’tiborini jalb etish sirlarini yoritadi. Muallif oddiy mahsulot yoki xizmat bilan muvaffaqiyatga erishish qiyinligini, buning uchun “binafsha rang sigir” kabi noodatiy va esda qolarli bo‘lish zarurligini ta’kidlaydi.
Kitob tadbirkorlar, marketing sohasi vakillari hamda yangicha fikrlashni istagan barcha kitobxonlar uchun foydalidir. Siz ham ushbu qiziqarli asarni Samarqand tuman axborot-kutubxona markazidan mutolaa qilishingiz mumkin.