Image

MUTOLAA – MA’NAVIY KAMOLOT SARI MUHIM QADAM

Kitob insonning eng yaqin do‘sti, bilim va tafakkur manbaidir. “Talaba” Tara Vestoverning mashhur asari kitobxonlarni hayot, ta’lim va o‘z ustida ishlashning naqadar muhim ekanligi haqida chuqur o‘ylashga undaydi. Asarda muallifning mashaqqatli hayot yo‘li, ilm olishga bo‘lgan intilishi va erishgan yutuqlari ta’sirchan tarzda yoritilgan.
Mazkur kitob mutolaa ixlosmandlari uchun qiziqarli va foydali manba bo‘lib, har bir kitobxon qalbida yangi maqsadlar sari intilish ruhini uyg‘otadi.
Tara Vestoverning ushbu kitobi Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi fondida mavjud. Barcha kitobsevarlarni kutubxonamizga tashrif buyurib, mazmunli mutolaa olamiga sho‘ng‘ishga chorlaymiz!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer