Image

Paul Kuusbergning “Andress fojiasi”

Paul Kuusbergning “Andress fojiasi” romani inson taqdiri, urushning ayanchli oqibatlari va murakkab hayotiy sinovlarni teran tasvirlagan asarlardan biridir. Muallif qahramon Andress obrazi orqali insonning ichki kechinmalari, vijdon azobi, hayot va jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida chuqur mushohada yuritadi.Roman o‘quvchini ezgulik va yovuzlik, sadoqat va xiyonat, insoniylik va befarqlik kabi muhim tushunchalar haqida o‘ylashga undaydi. Asarning ta’sirchan syujeti hamda psixologik tasvirlari kitobxonni voqealar rivojiga befarq qoldirmaydi.Kitob mutolaa qilishni sevuvchi kitobxonlar uchun qiziqarli va mazmunli asarlardan biridir. Ushbu kitob Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi fondida mavjud. Barcha kitobsevarlarni mutolaaga chorlab qolamiz!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer