• Asosiy
  • Yangiliklar
  • “Raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik kuni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Image

“Raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik kuni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik kuni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Tadbir davomida yoshlar sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy kasblar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Axborot-kutubxona markazi direktori N.Kaxorova bugungi kunda Kelajak markazi xodimlariga va yoshlar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlar, kelajak kasblari va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari haqida fikr almashdi. Tadbirning amaliy qismida AKT xizmati rahbari D. Xamzayeva internetda xavfsiz harakatlanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kuchli parollar yaratish, firibgarlik va soxta axborotlarni aniqlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi.
 Bilimli va ogoh yoshlar — xavfsiz raqamli jamiyat poydevori!

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer