Image

“Gulobod” mahalla

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda faol volontyor-yoshlar ishtirokida “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ko‘chma kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, kitob mutolaasining ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida turli tanlovlar tashkil etilib, mahalladagi keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ularning qiziqishlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib kitoblar yetkazib berildi.
 Bugungi kunda volontyor-yoshlar tomonidan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va kitobni targ‘ib qilishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer