- Admin
- 25.06.2026
- 682
Kitob bilan yuksalikka — Yangi O‘zbekiston yoshlari
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida “Kitob bilan yuksalikka — Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada kitobxonlar e’tiboriga zamonaviy nashrlar, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda yoshlar ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi kitoblar havola etildi.
“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 20 nomdagi 196 nusxa yangi adabiyotlar sovg‘a qilindi. Mazkur nashrlar ko‘rgazmadan munosib o‘rin olib, kitobxonlar uchun taqdim etildi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, mutolaa orqali bilim va tafakkurni yuksaltirish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.