• Asosiy
  • Yangiliklar
  • Samarqand tumanida “Sog‘lom turmush tarzi kuni” doirasida davra suhbati tashkil etildi
Image

Samarqand tumanida “Sog‘lom turmush tarzi kuni” doirasida davra suhbati tashkil etildi

Har payshanba an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Samarqand tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar markazida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida yoshlar bir kun davomida smartfonlardan uzoqlashib, vaqtlarini kitob mutolaasi hamda bilim va tafakkurni rivojlantirishga bag‘ishladilar.
Sog‘lom turmush tarzi kuni” munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida bugungi kunda yoshlar hayotida kitobxonlikning ahamiyati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish hamda intellektual salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi.
 Tadbir yoshlarni mutolaaga keng jalb etish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.
 

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer