Image

“Kitob – yozgi ta’tilning eng yaxshi hamrohi”

 Samarqand tumanidagi 16-son umumta’lim maktabi qoshidagi kunlik bolalar oromgohida yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish hamda bolalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bolalarga qiziqarli badiiy va bolalar adabiyotlari namoyish etilib, asarlar mazmuni haqida samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, savol-javoblar, kitob tavsiyalari hamda mutolaaning bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli o’tkazish, kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash va kitobga mehr uyg‘otishga xizmat qildi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer