Image

2026-yil 26-iyun kuni

2026-yil 26-iyun kuni Samarqand tuman axborot-kutubxona markaziga bir guruh kitobsevar qizlar ekskursiya tashrifini amalga oshirdi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular o'zlarini qiziqtirgan badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tanlab, mutolaa qilish uchun uyga olib ketdilar.
Mazkur ekskursiyaning asosiy maqsadi yoshlarning yozgi ta'tilini mazmunli va maroqli o'tkazish, kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda ularni muntazam kitobxonlikka jalb etishdan iborat bo'ldi.

Copyright © 2023.Created by Akhmadov developer