- Admin
- 30.06.2026
- 704
30-IYUN
Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!
Siz aziz yoshlar – Yangi O‘zbekistonning ishonchi, ertangi kun bunyodkorlari va taraqqiyot tayanchisiz. Bilim olishga bo‘lgan intilish, yuksak maqsadlar sari dadil qadam tashlashingiz, Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligingiz doimo bardavom bo‘lsin.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, cheksiz zafarlar, ulkan marralar va ezgu orzularingiz ro‘yobini tilaymiz. Ilm-ma'rifat yo‘lida hech qachon to‘xtamang, kitob esa Sizning eng yaqin do‘stingiz bo‘lib qolsin!